Fuqaroga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi masjidlardan birida fuqaro ehson qutisidan 27 million so‘m o‘g‘irladi.
Ma’lum qilinishicha, asli Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi, muqim ish joyi yo‘q, shuningdek, qo‘lida hunari bo‘lmagan A. o‘ziga tegishli mashinada poliz ekinlarini sotish bilan shug‘ullangan.
Hodisa sodir bo‘lgan kun tungi soat taxminan 01:00 da tumanning Usmon Yusupov mahallasida joylashgan masjidga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, imom xatibning xonasida joylashgan temirdan yasalgan seyfni buzish yo‘li bilan ochgan.
Shundan so‘ng uning ichida bo‘lgan homiylar tomonidan ajratilgan jami 27 million so‘m pulni talon-toroj qilib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi "b", "g" bandlaridagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga ushbu moddalar bilan 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120223 | Инструменты