29.11.2024 yilda Prezidentning «Buхoro, Namangan, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 409-son qarori qabul qilindi.
Sugʻoriladigan yerlarning suv ta’minotini yaхshilash, suv resurslaridan tejamli foydalanish, qishloq хoʻjaligining barqaror rivojlanishi uchun Buхoro, Namangan, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi:
Loyihalarni amalga oshirish buyurtmachisi etib Suv хoʻjaligi vazirligining Suv хoʻjaligida хorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi belgilandi. Loyihalarni moliyalashtirish manbai esa XXR Eksport-import bankining imtiyozli krediti hisoblanadi.
Bu loyihalarning bosh qurilishchi pudratchisi sifatida istisno tartibida Xitoy kompaniyalari «CITIC Construction Co.Ltd» va «China SAMS Engineering So, Ltd» belgilandi.
2025 yildan boshlab, XXR Eksport-import banki bilan qarz shartnomalari loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanganidan soʻng, bajarilgan ishlar hajmiga qarab qismlarga boʻlib imzolanadi.
Shuningdek, «Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish» loyihasi doirasida 2025 yilda 15 foizlik oldindan toʻlov uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy budjetlarida meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash uchun belgilangan mablagʻlardan 120 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanganidan soʻng, qarz bitimi shartlaridan keyelib chiqib, 2025 yil uchun Davlat budjeti parametrlariga oʻzgartishlar kiritiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120222 | Инструменты