Poytaxtning iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024/2025 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida Toshkent shahar ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, ishchi guruh iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi taʼminotini uzluksiz yetkazib berishini taʼminlash hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni hal etish bo‘yicha o‘z faoliyatini olib boradi.
Shtab aʼzolari uchun Toshkent shahar hokimligi binosidan joy ajratilgan bo‘lib, 24/7 rejimida ish tashkil etilgan. Fuqarolar ushbu raqamga murojaat qilishlari mumkin:
71 210-02-62
1055
Alpha version: 0.9.1.19 build 120222 | Инструменты