Huawei 1
2-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Noyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha darajasi 0,9 % ga oshgan

2024-yilning noyabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 1,0 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,8 % ga oshgani kuzatilgan.

Toshkent shahar hokimligida kuz-qish mavsumi uchun 24/7 rejimida ishchi guruh tashkil etildi

Ishchi guruh isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi taʼminotini uzluksiz yetkazib berishni taʼminlash bo‘yicha o‘z faoliyatini olib boradi.

Kriminologiya instituti: mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda

Institutning xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda Turkiya, Germaniya, Koreya, Vengriya kabi davlatlardagi shunday tuzilmalar bilan hamkorlik o‘rnatildi.

O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi

O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi va xizmat faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo O‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Osiyo Olimpiya kengashi ma’lumotiga ko‘ra, mezbonlik Bahraynga berilgan.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

Ikki oyda mamlakat tashkilotning 4 ta a’zosi bilan unga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.

O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi

2024-yilning yanvar—oktyabr oylari davomida bunday holatlar ortidan 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati ham keltirilgan.

Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati qayta tashkil etiladi

Faoliyati qayta tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan investitsiya kompaniyalari tashkil qilinadi.

Uy-joyni taʼmirlash uchun ipoteka kreditlari rasmiylashtirish boshlandi

Mazkur ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining maʼlum bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab beriladi.

O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi

Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tegishli bitimni imzoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120222 | Инструменты