Huawei 1
Sirdaryoda koʻchatlarni parvarish qilmagan mansabdorlarga 700 mln so‘mdan ortiq jarima qoʻllanildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning parvarishi bo‘yicha doimiy nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Reydlar davomida joriy yilning 8 oyi davomida jami 267 nafar mansabdorga chora ko‘rilgan. Bunda 2023-yil kuz va 2024-yil bahor mavsumlarida ekilgan koʻchatlarni parvarishlashda agrotexnik ishlar bajarilmaganligi va sugʻorish tizimi yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ayrim koʻchatlar qurib qolgan. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan mansabdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 79-moddasi 3-qismi hamda 95-moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Mansabdorlarga nisbatan jami 730 million 150 ming soʻm jarima qoʻllanildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты