Huawei 1
Sirdaryoda mashinasini odamlar ustiga haydagan erkak 4 yilga qamaldi

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Captiva rusumli avtomobil haydovchisi futbol o‘yinidagi kelishmovchilik sabab odamlar ustiga mashina haydagani haqida xabar bergan edik. Mazkur holatni sodir etgan shaxsga 4 yil-u 6 oy qamoq jazosi tayinlandi. 

Bildirilishicha, Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan mazkur avtomashina haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi tegishli tartibda qamoqqa olinib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgandi.

“Ikkinchi aylangan vaqtimda o‘zim xohlamasdan o‘rtog‘imga tegib ketdim. Shuncha voqeadan keyin tavakkal dedim-da, stadionning darvozasi tomon mashinani haydadim. O‘sha paytda odamlar toshbo‘ron qildi. U yerdan chiqib, to‘g‘ri uyimga ketdim. Hammadan uzr so‘rayman”, deydi haydovchi sud jarayonida.

Garchi jabrlanuvchilar sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, aholining hayotiga xavf tug‘dirgani va voqea joyidan qochib ketgani uchun unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudlanuvchining jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi. Bunga sabab sudlanuvchi muqaddam yuqorida qayd etilgan moddalarga ko‘ra, jinoyat sodir etgani va unga tayinlangan ozodlikni cheklash jazosini o‘tab ham, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagani bo‘lgan.  

Bundan tashqari, sudlanuvchining Captiva rusumli mashinasi jinoyat quroli deb topilib, davlat foydasiga musodara qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92421 | Инструменты