Joriy yil 28-sentyabr kuni hukumat “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni qabul qildi.
Qarorga muvofiq, nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo'yicha huquqiy eksperiment o'tkaziladi. Eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha amalga oshiriladi.
Shunga ko'ra, nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik ma'muriy reglament tasdiqlandi.
Nikohdan o'tish uchun ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig'inini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51502 | Инструменты