Huawei 1
Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi suv stansiyasida 3 kishi gazdan zaharlangani, ulardan bir nafari vafot etgani haqida xabar qilgan edik. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilganini ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, holat shaharning “Bog‘ishamol” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqava suv haydash nasos stansiyasida sodir bo‘lgan. “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi tozalash kamerasidan o‘tgan suv quvuriga tushgan vaqtda chiqindilardan chiqqan gazdan zaharlangan. Ulardan biri vafot etgan, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63023 | Инструменты