Holat yuzasidan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatdagi boshqarmasi izoh berdi
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoniga Mirzaobod tumani markazida qizil rangli sassiq suv oqayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu murojaat yuzasidan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmasi Mirzaobod tumani inspeksiyasi hamda Mirzaobod tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
"O‘rganish davomida zovur suvidan analiz uchun namunalar olindi. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar murojaatchiga yuboriladi", — deyiladi boshqarma rasmiy bayonotida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21518 | Инструменты