Huawei 1
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sanoat korxonalari soni qanchaga ko‘paygan?

Respublikamizda 2024-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 113 797 tani tashkil etadi. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi.

Ularning so‘nggi yillarning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:

2020-yilda sanoat korxonalari soni 86 652 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 113 979 taga yetgan.

Avvalroq O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgani ma’lum qilingandi. 2024-yilning III choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsada, 2023-yilgi darajada emas. Xususan, iyul-sentyabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II-chorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 foiz kam.

Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga taʼsir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, 2021-yil yanvar oyidan 2024-yil sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,72), shuningdek, aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.

Maʼlumot uchun, 2023-yilning IV choragida har oyda o‘rtacha 154,8 mingta avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Avtokreditlarning sezilarli darajada kamayishi sharoitida, avtomobil korxonalari va dilerlar tomonidan ayrim avtomobillar savdolari uchun chegirmalarning kiritilishi, foizsiz muddatli to‘lovlarning joriy etilishi bozorda o‘tgan yillar darajasidagi talabni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar sifatida qaralishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112708 | Инструменты