Huawei 1
“Trastbank” va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida bitim imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 5-martdagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-maydagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Trastbank” XAB Islom Taraqqiyot Banki guruhi bilan doimiy ravishda ish olib bormoqda.

Xususan, 2018-yilda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan edi. Uning doirasida XSRIK tomonidan “Trastbank” XABga 7 million AQSH dollari miqdorida dastlabki moliyalashtirish liniyasi ajratilgandi. 

Shu o‘rinda, loo bu hamkorlik yildan-yilga kengayib bormoqda. Bugungi kunga kelib, “Trastbank” XAB uchun XSRIK tomonidan ajratilgan mablag‘larning umumiy hajmi 37 million AQSH dollarini tashkil etadi.Artboard 6 Ma’lumot o‘rnida qayd etish mumkinki, “Trastbank”ning Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan imzolagan 64 million AQSH dollari miqdoridagi 6 ta kelishuv doirasida mamlakatimizdagi kichik va o‘rta biznes subyektlarining jami 97 ta loyihasi moliyalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar tekstil, farmasevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish, elektromobillar savdosi va boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirib kelinmoqda. Buning natijasida esa hududlarda tadbirkorlar safi ortib bormoqda, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

2024-yil 26-noyabr kuni “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi S.Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi mutasaddilari bilan ushrashdi. Unda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.  

Uchrashuv doirasida “Trastbank” XAB va XSRIK o‘rtasida 30 million AQSH dollari miqdoridagi ikki tomonlama bitimni imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu Bitim ikki muassasaning o‘zaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes uchun istiqbolli loyihalarni shariat qoidalariga muvofiq moliyalashtirish izchil davom ettiriladi. Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash barobarida aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112620 | Инструменты