Sobiq "Bobur" bog'i "Do'stlik bog'i" nomi bilan qayta ochildi
Bugun, 20 oktyabr kuni “Bobur” nomi bilan mashhur bo'lgan, ayni damda esa “Do‘stlik” deb nomlangan istirohat bog‘ining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, qayta ta'mirdan chiqqan mazkur bog' kelgusida shahar aholisining barcha qatlamlari uchun so‘lim, yashil va sokin dam olish maskanga aylanadi.
Bog'ning umumiy maydoni 12 gektarni tashkil qilib, unga 5 mingga yaqin daraxtlar va turfa gullar ekilgan.
Bog‘da bir qancha zamonaviy dizayn asosida yoshlar va kattalar uchun ko‘ngilochar maydonlar jumladan, bolalar maydonchasi, avtodrom maydoni, sport hamda shaxmat-shashka maydonlari, “Urban park” (Steyk) maydonchasi, yoshlar uchun kitob o‘qiydigan maskan va kutubxona, aholi uchun piyoda yurish, yugurish va velodorojka yo‘laklari, yangi 2 ta zamonaviy mini futbol stadioni hamda yozgi konoteatr tashkil etildi.
Shu bilan birga, suv havzasida zamonaviy rangli chiroqlar va maxsus sahna ham mavjud. Ushbu bog‘da turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazib boriladi, shu bilan bir qatorda Milliy madaniy markazlar tomonidan har turdagi festival va SHOU dasturlar namoyishlarini o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, bog‘da joylashgan Seul va Sietl bog‘lari hamda Tinchlik qo‘rg‘oni majmualariga Toshkent shahar hokimligi va muttasadi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularga tegishli maydonlarni obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga ko‘maklashib kelinadi.
Ushbu madaniyat va istirohat bog‘i loyihasini ishlashda aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqqan holda amalga oshirib kelinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11107 | Инструменты