Huawei 1
Sobiq senator Hayotxon Ortiqboyeva vafot etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibasi, ikki bor Oliy Majlis Senati aʼzosi bo‘lgan Hayotxon Ortiqboyeva vafot etdi.

Hayotxon Ortiqboyeva ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limiga rahbarlik qildi. U «Sirdaryo haqiqati» gazetasida uzoq yillar bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Shoiraning «Feruza oqshomlar», «Ko‘klam ertaklari», «Humolari qaytgan yurt», «Ne baxt bu diydor», «Oy qo‘ngan ayvon», «Tonglaringda esgan nasimman» (“Saylanma”) kabi kitoblari nashr etilgan.

Xabar.uz marhumaning oilasi va yaqinlariga taʼziya bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11018 | Инструменты