Huawei 1
Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan yangi bo‘limga tayinlovlar amalga oshirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan Nogironlikning oldini olish, belgilash va tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etildi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari bilan:

Churenov Kutlimurat Maxsudovich — ushbu bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan); 

Kosimov Olimjon Abdullayevich — bo‘lim bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan);

Karimov Baxodir Karimovich — bo‘lim bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligida bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan) lavozimlariga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112617 | Инструменты