Huawei 1
Soliq qo‘mitasi raisi nomidan Telegram orqali feyk xabarlar yuborilayotgani aytildi

Soliq qo‘mitasi raisi nomidan ijtimoiy tarmoqlar orqlari soxta xabarlar yuborilmoqda. Bu haqda qo‘mita raisi Sherzod Kudbiyev o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Sherzod Kudbiyevning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram’da uning nomidan ayrim shaxslarga xabarlar jo‘natilgani haqida ma’lumot olgan.

Barchani ogohlikka chaqiraman, bu feyk.

Siz bu kabi mazmundagi xabarlarga ishonmaslikni va soliq tizimi xodimlari esa ish yuzasidan topshiriqlarni elektron hujjat almashish AAT orqali olishini esdan chiqarmasliklarini so‘rayman, — dedi qo‘mita raisi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202 prim 2 moddasi (yolg‘on axborot tarqatish):

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari (18 milli 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan (18 million 750 mi so‘m) yuz baravarigacha (37 million 500 mi so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101419 | Инструменты