O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov kelgusi jangini 19 oktyabr kuni Qozog‘istonda o‘tkazadi. Bu haqda To‘xtamurodov jang qiladigan liga matbuot xizmati xabar berdi.
Qarag‘anda viloyati mezbonlik qiladigan “Naiza 68” turnirida o‘zbekistonlik jangchi eronlik tajribali Alirizo Shariatiga qarshi oktagonga chiqadi.
32 yoshli Shariati shu vaqtga qadar MMA'da 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 25 yoshli To‘xtamurodov esa shu vaqtga qadar MMAʼda 13 ta jang o‘tkazib, 10 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты