Huawei 1
Sug'urta polislarini qog'oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

“Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra,  2024-yil 1-sentabrdan:

- sug'urtaning barcha turlari bo'yicha sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro'yxatdan o'tkazish va sug'urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;

- barcha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislarini faqat qog'oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

- sug'urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo'ladi hamda sug'urtalovchi tomonidan lisenziya talablari va shartlarini bir marta qo'pol ravishda buzish hisoblanadi;

- Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug'urtalovchilar tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari sifati bo'yicha sug'urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.

Quyidagilarga shartnomalarning o'z vaqtida rasmiylashtirilishini ta'minlash majburiyati yuklatiladi:

- Soliq qo'mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini;

- Tog'-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini;

- Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablag'lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты