Huawei 1
Sug'urtalovchilar reytingini aniqlash tartibi belgilandi

“Sug'urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Nizom sug'urtalovchi yoki qayta sug'urtalovchilarning sug'urta xizmatlari ko'rsatilishi sifati bo'yicha reytingini aniqlash va yuritish tartibini belgilaydi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.

Reyting Agentlikning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladi va rasmiy veb-saytida har oyning 10 sanasida yangilangan holda e'lon qilib boriladi.

Sug'urtalovchi quyidagi ko'rsatkichlar asosida davriylikda baholanadi:

- umumiy ko'rsatkichlar;
- ballarni kamaytiruvchi ko'rsatkichlar;
- qo'shimcha ball beruvchi ko'rsatkichlar.

Reyting ma'lumotlari bo'yicha sug'urtalovchining e'tirozlari mavjud bo'lganda, o'z shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organiga murojaat qiladi.

Sug'urtalovchi tomonidan baholash ko'rsatkichi yuzasidan bildirilgan e'tirozlar taqdim etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan 5 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12115 | Инструменты