Huawei 1
Surxondaryo viloyati hokimligi: Boysundagi konni portlatilishi haqidagi xabarlar asossiz

Bugun turli Telegram kanal va guruhlarda Boysun tumanidagi "M-25" konida gaz chiqishini to‘xtatish maqsadida yengil portlatish ishlari amalga oshirilishi haqida yolg‘on xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabar asossiz bo‘lib, hozirda bunday choralarni amalga oshirish rejalashtirilmaganligi ma’lum qilanadi hamda bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va tarqatmaslikni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi yolg‘on va asossiz xabarlarni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101817 | Инструменты