Surxondaryo viloyati hokimligi saytining xakerlar tomonidan buzilishi bo'yicha rasmiy munosabat bildirildi
Bugun 6 yanvar kuni Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimliklarining rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchraganligi haqida avval ma'lum qilgan edik. “Clone Security” guruhi ushbu hujumni o'z zimmasiga olgan.
"Hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari ko'rilayotgan bir paytda ayrim internet nashrlarida viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKda ishlab ketgan xodimlardan birining hokimlik ishlar boshqaruvchisi tomonidan o'z ish kabinetida o'zaro kelishmovchilik sabab kaltaklangani, viloyat hududidan chiqib ketish sharti qo'yilgani, shuningdek, xodim Prezident Virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi xabarlarda keltirilayotgan mazkur holatlarni rad etib, Sizlardan aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo'lishiga, ularda salbiy fikr va ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan ushbu mazmundagi yolg'on ma'lumotlarga ishonmaslikni so'raydi" - deyiladi viloyat hokimligi rasmiy munosabatida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20610 | Инструменты