Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-xunar maktabi tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Buyurtmachi tomonidan maxsus axborot Davlat xaridlari elektron tizimi kasb-xunar maktabiga qurilish mollari xarid qilish uchun boshlang‘ich qiymati 226,5 mln so‘mlik eʼlon joylashtirilib tanlov savdosi o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasida davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan davlat xaridi shartlarida ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari, ularning nisbiy qiymati, baholash tartib-taomillari doirasida baholash mezonlarini qo‘llash tartibi bo‘lishi kerakligi belgilangan bo‘lsada biroq Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-xunar maktabi tomonidan baholash nisbiy qiymati ishlab chiqilmaganligi, suniy va xaridlarni noto‘g‘ri baxolash kabi bir qator qonunbuzilishi aniqlangan.
Natijada Qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-xunar maktabiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib yuqoridagi qonun buzilish xolatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты