"Qurilish baxonasida cho‘lga aylantirish navbati Denov tumaniga yetib keldimi?” Surxondaryoda 50-70 yillik chinorlar ayovsiz kesib tashlanganiga Ekologiya qo'mitasi munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Denov tumanida saqlab qolish mumkin bo‘lgan 50-70 yillik chinorlar ayovsiz kesilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Ekologiya qo'mitasi munosabat bildirdi.
"Qurilish baxonasida cho‘lga aylantirish navbati Denov tumaniga yetib keldimi?” mazmunida chiqqan murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Denov tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida ushbu holat Denov tumani "Yo‘llardan foydalanish" unitar korxonasida ish yurituvchi lavozimida ishlab kelayotgan N.A tomonidan 2 tup chinor, 2 tup archa daraxtlarini noqonuniy ravishda tag qismi bilan kesishga ruxsat berganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro N.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari , ya’ni 1 225 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima va o‘simlik dunyosiga 14 577 500 so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61301 | Инструменты