Surxondaryoda arxeologik yodgorlikni molxona uchun buzib yuborgan fuqaro 23 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida arxeologik yodgorlikni molxona uchun buzib yuborgan fuqaro 23 milliard so‘m zarar yetkazdi. Bosh prokuratura hududlarda aniqlangan shu kabi holatlarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid Kattatepa arxeologik yodgorligi 876 metr kub maydoni fuqaro Z.H. va boshqalar tomonidan molxona qurish uchun buzib yuborilib, yodgorlikka 23,3 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. 

Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Oqtepa-1 arxeologiya yodgorligining 193 m3 tuprog‘i 3 nafar fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 milliard so‘mlik, Badaxshontepa arxeologiya yodgorligining 164 metr kub hududi ekin maydoniga aylantirilgani natijasida 2,3 milliard so‘mlik, Yomonqiyottepa yodgorligining 12 metr kub maydoni kovlab olingani natijasida 163 million so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Shu kabi, Namangan viloyati Uychi tumanida o‘rta asrlarga oid Tolmozortepa arxeologiya yodgorligining 0,48 gektar qismi fuqaro A.K. tomonidan texnika yordamida tekislanib, yodgorlikka 871 million so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70721 | Инструменты