Prokuratura Departamentining Denov tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.
Aniqlanishicha, fuqaro O.Y. fuqaro Q.I. ni 12 000 AQSH dollari evaziga Koreyaga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan. Buning uchun oldindan 48 mln so‘m va 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, O.Y. muqaddam 2 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga jo‘natish evaziga 4 800 AQSH dollari va 88 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52902 | Инструменты