Huawei 1
Surxondaryoda hamshira ayol farzandi oldida vahshiylarcha kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi oldida kaltaklangani haqidagi video-lavha tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo‘limi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab, 18-oktabr kuni ziddiyatli holat yuzaga kelgan.

Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining odob-ahloq qoidalariga zid hatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirilgan hamda kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratiga olingan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanayotgani ma’lum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100904 | Инструменты