Huawei 1
Surxondaryoda Isuzu haydovchisi 3 kishini urib yuborib qochib ketdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi uch kishini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.  

Qayd etilishicha, hodisa 7 oktyabr kuni Boysun tumani hududida sodir bo‘lgan. Captiva haydovchisi va uning ikki nafar yo‘lovchisi M-39 avtomobil yo‘lining Boysun tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l chetida to‘xtab mashinasiga yonilg‘i quyayotganda noma’lum transport ularni urib yuborib, qochib ketgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Surishtiruvlar natijasida Captiva haydovchisi va yo‘lovchilarini Isuzu rusumli yuk mashinasi urib ketgani, haydovchi esa hodisa haqida hech kimga xabar bermay voqea joyidan qochib ketgani aniqlangan.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchi yuk mashinasi bilan Sirdaryo viloyati hududida harakatlanayotgani aniqlangan. 56 yoshli yuk mashinasi haydovchisi tegishli tartibda ushlanib, Boysun tuman IIBga olib borilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101121 | Инструменты