Bugun, tungi soat 01:30 da Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Olovuddin” mahallasida Nexia-3 avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi natijasida avariya sodir bo‘lgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Denov tumanidagi 3 ming 950 ta aholi va 20 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13105 | Инструменты