Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 7 yoshli maktab o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12 noyabr kuni soat 8:00 da Bandixon tumani Chinor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida ro‘y bergan. 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia “Bandixon-Qiziriq” yo‘nalishida harakatlanib kelib, yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurgan holda kesib o‘tayotgan 2017 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, bola tumandagi 9-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. YTH ortidan bola o‘qiydigan maktabda YHXB mutasaddilari, mahalla aholisi, vafot etgan bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111718 | Инструменты