Huawei 1
Xitoy dunyodagi eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi

Xitoyning CHN Energy kompaniyasi Shandun provinsiyasida suzuvchi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha quvvati 1 GVt bo‘lib, 2934 ta platformaga ega, umumiy maydoni esa 1223 gektarni tashkil qiladi.

Taqqoslash uchun: Monako knyazligi maydoni atigi 208 gektar.

Elektr stansiyasi sohilidan 8 kilometr uzoqlikdagi Dunyin shahri yaqinida joylashgan. Elektr energiyasi maxsus suv osti kabellari orqali shaharga yetkazib beriladi.

Suzuvchi quyosh elektr stansiyalarining yerda o‘rnatilgan stansiyalarga nisbatan ikki asosiy afzalligi bor:

— sovuq havo oqimi panellarni sovitib turadi va elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi;
— suv yaqinida joylashgani sababli kun davomida harorat o‘zgarishlari kam bo‘ladi, bu esa panellarning ishlash muddatini uzaytiradi.

Loyihaning yakunlanish muddati hozircha aytilmayapti. Stansiya ishga tushirilgandan keyin yiliga 1,78 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu esa 594,5 ming tonna ko‘mir sarfi kamayadi, deganidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111718 | Инструменты