Huawei 1
Surxondaryoda o'zbekistonlik va xitoylik arxeologlar qadimiy qabrni aniqladi

Madaniy meros agentligiga qarashli Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikka oid shartnoma imzolangan.

Kelishuvga muvofiq ikki mamlakat arxeologlari 16-apreldan boshlab Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida joylashgan Chinortepa yodgorligida qazuv ishlari olib bormoqda.

Olimlar ekspeditsiya jarayonida 4000 yil avval dafn qilingan qabrlar va 2000 yillik qadimiy shahar xarobalarini topishdi. 

Arxeologlarning fikricha, topilmalar Qang‘, Kushon va Yuechji (massagetlar) davriga oid bo‘lib, miloddan avvalgi II asrdan eramizning III asriga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma ekspeditsiyasi ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Chinortepa yodgorligi 2019-yilda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan kashf etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты