Huawei 1
Surxondaryoda poyezd ichidan “opiy” topildi

Surxondaryo viloyatda giyohvandlik vositalarining kontrabandasini oldini olish va unga chek qo‘yish maqsadida olib borilgan tadbirda poyezd vagonining ostiga berkitilgan “opiy” topildi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni soat 04:45 larda “Sariosiyo” temiryo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda, “Quduqli” temiryo‘l bekatiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan temiryo‘l yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. 

Natijada, yuk vagonlarining birida xufiya joyga berkitilgan 1 dona rangsiz sellofanda  skotch bilan o‘ralgan ashyo borligi aniqlangan. Shundan so‘ng, ushbu o‘ram ekspertizadan o‘tkazilganda sof og‘irligi 135,3 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11613 | Инструменты