Surxondaryoda sobiq xotini va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak 20 yilga qamaldi
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida 38 yoshli erkak Sho‘rchi tumanida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘ining yashash xonadoniga boradi va uxlab yotgan joyida uning bo‘yin a’zolari, ko‘krak oldi va orqa sohalariga pichoq sanchgan. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qotillik harakatini davom ettirgan sobiq er, boshqa xonadonda uxlab yotgan qaynonasini ham bo‘g‘ib, bo‘yniga pichoq tortadi.
Qotillikni sodir etib Rossiyaga qochib ketgan erkak ushbu mamlakatning Domodedovo aeroportida IIO xodimlari tomonidan ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari JIB Sho‘rchi tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Ushbu shaxsga JKning 97-moddasi 2-qismi "a", "v", "j" bandlarida (qasddan odam o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 20 yil muddatga ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Avvalroq, Sirdaryoda 14 yoshli qiz noma'lum shaxs tomonidan o'z uyida o'ldirib ketilgani xabar qilingandi. Ushbu holatda qiz uyiga tushgan o'g'rining yuzini ko‘rib qolgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51122 | Инструменты