Huawei 1
Surxondaryoda suv nasosini o‘g‘irlagan erkak qamaldi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan erkak 6 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi 1975 yilda tug‘ilgan. U bir necha marta o‘g‘rilik jinoyati sodir etib, jazolangan.

Ish hujjatlarida qayd etilishicha, erkak xonadonning yerto‘lasiga tushib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan suv nasosini o‘g‘irlab ketgan va uni sotib, tushgan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida o‘tkazilgan sudda erkak Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101020 | Инструменты