Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatiga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda

“Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–302-son, 14.10.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- 160 ta “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, ularda shtatlarni egiluvchan boshqarish tizimini joriy qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

- Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarining 50 foizini 2026 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish;

- “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 141 ta tumanda kamida 3,5 ming gektar yer maydonida o‘quv dala-shiyponlarini tashkil etish.

Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, ularga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berildi, jumladan:

- moliyaviy holatdan kelib chiqib hamda mavsumga qarab mustaqil ravishda shtat birliklari sonini belgilash;

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi miqdoridagi mablag‘lar hisobidan moddiy-texnik bazani mustahkamlash.

Kooperativ tashkil etilgandan so‘ng yangi hisobot yilidan boshlab “Do‘stlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining vazifa va funksiyalari Kooperativga o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102119 | Инструменты