Huawei 1
Suyultirilgan gaz ta’minotidagi “bunker”lar faoliyatiga chek qo‘yildi

“Hududgazta’minot” AJ Komplayens nazorat boshqarmasi va gaz ta’minoti filiallari mas’ullari tomonidan hududlarda suyultirilgan gaz ta’minotida noqonuniy holatlarni aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

“Uzuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi chilangar-ta’minotchisi X.U. GTBga tegishli avtomashinada maishiy gaz ballonlarini Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Totugay” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar N.B. va Y.Ch. xonadonida tashkil etilgan “bunker”ga tashlab ketgani aniqlangan.

Fuqaro N.B. xonadonida 72 ta, fuqaro Y.Ch. xonadonida 46 ta suyultirilgan gaz to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlari topilgan. Ushbu xonadonlarda maishiy gaz ballonlari mahalla aholisiga noqonuniy ravishda naqd pulga belgilangan narxdan qimmatga sotilayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan xodim X.U. ga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Namangan viloyatining Uychi tumanida o‘tkazilgan tadbirda “Ovchinbuloq” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.S. ga qarashli novvoyxonada jami 24 dona maishiy gaz ballonlari noqonuniy ravishda saqlanayotgani aniqlangan.

Shuningdek, novvoyxonadan gazni avtomobilga o‘tkazishga mo‘ljallangan 2 dona qo‘lbola moslama hamda 6 dona ID-karta topilgan.

Holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan va barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102219 | Инструменты