Huawei 1
Tabiiy gaz hisobini yuritish raqamlashtiriladi

Prezidentning 2022 yil 11 maydagi qaroriga binoan “O‘ztransgaz” AJ tabiiy gaz hisobini raqamlashtirish orqali yuritish ishlarini olib bormoqda.

Maʼlum qilinishiyaa, 2025 yilda raqamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, tabiiy gaz yo‘qotishlarni yana-da qisqartirish, xavf-xatarlarni kamaytirish hamda ish jarayonlarini yana-da shaffof qilish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, 2024 yil davomida tabiiy gaz hisobini yuritish maqsadida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu  energiya resurslari va texnologik jarayonlarni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimi va tezkor dispetcherlik hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimidir.

Bu tizimlar energiya resurslari va jarayonlarni kuzatish, shuningdek, hisob-kitoblarni shaffof va samarali yuritish uchun mo‘ljallangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10504 | Инструменты