Tadbirkorlarga radar o'rnatish uchun ruhsat berilgan hududlarning auksion narxlari ma'lum qilindi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Toshkentda tadbirkorlarga radar o‘rnatishga ruhsat beriladigan hududlarning auksion narxlari ma’lum qilingan.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahri hududida Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxi chorraha va ko‘chalarda sutka davomida avtotransport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligiga bog‘liq bo'ladi.
Xususan, sutka davomida 20 mingtagacha avtotransport vositalari harakatlanadigan ko‘cha va chorrahalarga Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatish huquqi auksion orqali boshlang‘ich bahosi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida belgilanadi.

Shu bilan birga, qaror loyihasida Toshkent shahar hududida intellektual videokameralar va statsionar radarlar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joylar ro‘yxati ham keltiriladi.
Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, Toshkent shahrining 462 ta manzil-hududida jami 2417 ta videokamera va 157 ta radar tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilishi belgilanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122017 | Инструменты