Huawei 1
Tadbirkorlardan yagona ro‘yxatiga kiritilmagan hisobotlarni noqonuniy talab qilishga jarima belgilanmoqda

Oliy Majlis Senatining ellik yettinchi yalpi majlisida “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 24110-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Prezidentning tadbirkorlar bilan olib borayotgan ochiq muloqoti natijasida 2024-yil 9-yanvarda “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Qaror bilan 2024-yildan boshlab o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 34 turdagi hisobot va statistika maʼlumotlar bekor qilindi.

Yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkordan talab qilish taqiqlanadi hamda hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etilishi belgilab qo‘yildi.

Qayd etish joizki, bir-birini takrorlovchi tegishli axborot tizimlarida mavjud hisobotlarni bekor qilinishi natijasida, har yili 21,5 ming tadbirkorlarning 500 mln so‘m mablag‘lari iqtisod qilib qolinadi.

Eng asosiysi qarorda tadbirkor davlat organlariga taqdim etadigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlanib, unga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlandi.

Shu bois majlisda muhokama qilingan qonun tadbirkorlar tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan hisobotlarni qabul qiluvchi organlarning javobgarlik choralarini kuchaytirmoqda.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ushbu qonun davlat organlarining hisobotlarni talab qilib olish borasidagi masʼuliyatini oshirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Muhokamadan so‘ng qonun maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92113 | Инструменты