Huawei 1
Taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Bibisora Turobova bugun 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Bibisora Turobova 1952-yil 1-sentabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Hatirchi tumanida tug‘ilgan.

O‘rta maktabdan keyin Maktabgacha taʼlim texnikumida o‘qib, so‘ng Samarqand davlat pedagokogika institutida taʼlim olgan. 1990-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo bo‘lgan.

O‘nga yaqin sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, "Kelin salom" va "Men izlagan quvonch" sheʼriy kitoblari katta eʼtibor topdi.

Uzreport.news tahririyati marhumaning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91820 | Инструменты