Huawei 1
Taom yetkazib berish xizmatlari bozori monopollashdi

Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MChJ, “Yandex Eats” MChJ XK hamda “Express24 APP” MChJni ustun mavqega ega (monopol) raqamli platforma operatorlari deb e’tirof etdi.

Qo‘mitaning tegishli buyrug‘i bilan, Yandex Go taksi agregatori xizmatlari bozorida, Yandex Eats va Express24 esa tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmatlari bozorida ustun mavqega ega deb topilgan.

Rasmiy xabarda aytilishicha, bunga “Yandex Eats” MChJ XK va “YandexGo UB” MChJlarning bu sohalarda ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomalari asos bo‘lgan.

“Qo‘mita “YandexGo UB” MChJ va “Yandex Eats” MChJ XKlar tomonidan yangi tartibga solish hujjatlari talablarini bajarilishini olqishlaydi”, – deyiladi monopoliyaga qarshi organ bayonotida.

Qo‘mita endilikda bu korxonalar tomonidan ustun mavqeyini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida majburiy tartibda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102700 | Инструменты