Huawei 1
“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 

Qayd etilishicha, “Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Jumladan:

  • Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha;
  • loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;
  • mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты