“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumida ovoz yigʻishga majburlash holatlari yuzasidan ishonch raqami orqali kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ovoz berish bosqichi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar ishonch raqamiga ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha jami 23 ta shikoyat kelib tushdi.
Bunda, eng ko‘p murojaat kelib tushgan hududlar:
Toshkent shahrida — 4 ta;
Andijon va Xorazm viloyatlarida — 3 tadan.
Sohalar kesimida:
- umumta’lim maktablari bo‘yicha — 10 ta;
- tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha — 8 ta;
- boshqalar — 5 tani tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan ham chiqarilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32001 | Инструменты