Huawei 1
Tibbiyot xodimlari faoliyatiga aralashganlik uchun 15 sutka qamoq jazosi belgilanishi mumkin

O‘zbekistonda tibbiyot xodimi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi tibbiyot xodimining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi modda bilan to‘ldirildi.

Mazkur modda bilan ayblanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish belgilanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga bezorilik jinoyatini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilishi, shu jumladan, tibbiyot xodimlariga bezorilik oqibatida tajovuz qilganlik uchun javobgarlikni og‘irlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100906 | Инструменты