Huawei 1
Tijorat banklar faoliyatida iste'molchilarning qonuniy huquqlari himoya qilinmoqda — Raqobat qo'mitasi

Raqobat qo‘mitasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklar faoliyatida isteʼmolchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida hududlar kesimida tizimli ishlar olib bormoqda.

Jumladan, Navoiy viloyati misolida

Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.N. hududiy boshqarmaga murojaat qilib, 2020 yilda “Aloqa bank” ATB Navoiy filialidan fuqaro M.A.ning olgan krediti uchun kafil bo‘lganligi, kredit oluvchi tomonidan o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli kredit to‘lovlarini o‘zi to‘liq yopganligi ammo, majburiy ijro byurosi uchun ijro yig‘imini bekor qilish to‘g‘risida bank tomonidan maʼlumotnoma olinishi muammo bo‘layotganligi qayd etilgan.

Hududiy boshqarma murojaatni o‘rganib chiqib, xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan fuqarolarning kredit qarzdorligi to‘liq qoplanganligi to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi Qiziltepa tuman bo‘limiga tegishli maʼlumotnoma kiritilishi taʼminlandi.

Qashqadaryo viloyati misolida

Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.G. hududiy boshqarmaga “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATBning Yakkabog‘ tumani filiali faoliyatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati.

Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.G “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATBning Yakkabog‘ tumani filialining mijozi bo‘lib, olingan kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borsada, qo‘shimcha avtomatik tarzda 1 mln so‘m ortiqcha mablag‘ni shaxsiy plastik kartasidan yechib olinganligi norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

Boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, isteʼmolchiga ortiqcha olingan pul mablag‘lar to‘liq qaytarilishi taʼminlandi.

Farg‘ona viloyati misolida

Isteʼmolchi K.Z. “Mikrokreditbank” ATBga tegishli bo‘lgan bankomatdan plastik kartasidan pul mablag‘ yechish paytida 750 000 so‘m mablag‘ naqd pul shaklida berilmagani pulni qaytarishda muammo borligidan norozi bo‘lgan.

Fuqaroning murojaatida keltirilgan masala yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan vakolat doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida tijorat banki tomonidan texnik nosozlik bartaraf etilib, mablag‘ qaytarib berilishi taʼminlandi.

Yuqoridagi kabi holat fuqaro A.A. da xam sodir bo‘lgan. Hududiy boshqarmaning aralashuvi bilan isteʼmolchining 849 000 so‘m mablag‘i qaytarib berilishi taʼminlandi.

Shuningdek, fuqaro B.Z. “Mikrokreditbank” ATBdan olingan kredit to‘lovi uchun 802 000 so‘m mablag‘ ortiqcha yechib olinganligi bo‘yicha norozi bo‘lgan.

Hududiy boshqarma tomonidan vakolat doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida texnik nosozlik bartaraf etilib, mablag‘ qaytarib berilishi taʼminlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121920 | Инструменты