O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qurilish materiallari eksportini yanada oshirish, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida savdo aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Dushanbe shahrida navbatdagi “O‘zbekiston savdo uyi” tashkil etildi.
Bugun ushbu savdo maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma boshqaruv raisi Baxtiyor Bobokulov, O‘zbekistonning Tojikistondagi muxtor elchisi, ikki davlat tadbirkorlari va OAV vakillari ishtirok etishdi. Anjuman ishtirokchilari savdo maskanida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar ko‘rgazmasi va narxlari bilan yaqindan tanishishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10816 | Инструменты