Huawei 1
Tojikistondagi zilzila Surxondaryoda sezildi

8-iyul kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 18:04 da Tojikistonda sodir bo‘lgan. 

Zilzila koordinatalari: 37,83 gradus shimoliy kenglik; 68,14 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 393 km janubiy-g‘arbda.

Surxondaryo viloyatida sezilish kuchi:

  • Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 28 km.
  • Uzun tumanida 2 ball, 37 km.
  • Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 53 km.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100618 | Инструменты