Tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident Adminstratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqildi
Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, Tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident Adminstratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqildi.
"Hamkasbim Bahrom Rahmonaliyev bilan tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan 2-3 xil takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan avval Ichki ishlar vazirligiga takliflarimizga munosabat bildirishlarini so‘rab, deputatlik so‘rovi yuborgandik.
Bugun Ichki ishlar vazirligidan so‘rovimizga javob kelibdi. Yomon tomoni, har doimgidek so‘rovga aniq javob yo‘q, takliflarimizga hech qanday munosabat bildirilmagan.
Yaxshi tomoni, javobda aytilishicha, tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident Adminstratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga Ichki ishlar vazirligi tomonidan tegishli takliflar bildirilgan.
Demak, yaqin orada tonirovka masalasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarish bo‘ladiganga o‘xshaydi. Avtomobil oynalarini qoraytirishga doir cheklovlar butkul bekor qilinishini kutmasam-da, lekin tonirovka uchun belgilangan narxlar sezilarli miqdorda pasayadi, deb umid qilaman" - deb yozdi Doniyor G‘aniev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61302 | Инструменты