22-iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportida 203 mln so‘mlik dorilar O‘zbekiston hududiga olib kirilayotganda to‘xtatib qolindi. Bu haqida “Toshkent - AERO” IBK axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosining 2 dona qora rangli qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, hech qanday ruxsat etuvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan, olib kirish meʼyoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 132 mln so‘m bo‘lgan 465 dona har xil turdagi va nomdagi dori vositalari borligi aniqlangan.
Xuddi shu reys bilan uchib kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosining 1 dona qora rangli qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, hech qanday ruxsat etuvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan, olib kirish meʼyoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 46 mln 285 ming so‘m bo‘lgan jami 381 dona har xil tur va nomdagi dori vositalari borligi maʼlum bo‘lgan.
Shuningdek, aynan mazkur reys bilan uchib kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi xatti-harakatlarida ham shu holat takrorlangan. Fuqaroning bir dona ko‘k rangli yo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, hech qanday ruxsat etuvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan, olib kirish meʼyoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 25 mln so‘m bo‘lgan jami 121 dona 4 turdagi dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты