Toshkent davlat pedagogika universitetiga yangi prorektor tayinlandi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yoshlar va ma'naviyat masalalari bo'yicha prorektori lavozimiga Madrahimova Feruza Ruzimbayevna tayinlandi.
Bunga qadar ushbu lavozimda Ko'ysinov Odil Almuratovich faoliyat yuritgan. Hozirda O.Ko'ysinov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'ining o'rinbosari etib tayinlangan.
F.Madrahimova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O'zbekiston" telekanali bosh muharriri o'rinbosari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'ining axborot siyosati bo'yicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Falsafa bo'yicha PhD doktori.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22808 | Инструменты