Toshkent metropoliteni bugun qatorasiga 3ta yangi lavozim egalarini e’lon qildi. Ular Nigmanov Ismoil Ilxamovich, Rasulev Diyor Xalmatovich hamda Kadirov Abdusamad Abduvakilovichlar ekanligi ma’lum bo’ldi.
Qayd etilishicha, Nigmanov Ismoil Ilxamovich — "Toshkent metropoliteni" bosh muhandisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar ushbu davlat unitar korxonasida bosh revizor bo'lgan.
Rasulev Diyor Xalmatovich — "Toshkent metropoliteni" bosh revizori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda avval xabar bergandik.
Kadirov Abdusamad Abduvakilovich "Toshkent metropoliteni" Yo'l xizmati bosh muhandisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Bu paytgacha ushbu korxonada yo'l xizmati katta ustasi bo'lib ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112604 | Инструменты